Masala Tarjimasi:
Levko massivlar bilan o'ynashni yaxshi ko'rar ekan. Unda a1, a2, a3 ... an ko'rinishidagi massiv bor ekan. U massiv bilan o'ynash davomida, shu massiv ustida 2 xil amal bajarar ekan.
Bu amallar:
1. Birinchi turdagi amal bu: massivdagi indekslari L dan R gacha bo'lgan elementlarni D ga oshirish. ya'ni dasturlash tili bilan aytganda:
for(int i = L; i<=R; i++) a[i]+=D;
- Ikkinchi turdagi amal: massivdagi indekslari L dan R gacha bo'lgan elementlar ichidan maksimalini topish.
for(int i = L; i<=R; i++) mx = max(mx, a[i]);
Levko sevimli massivini yo'qotib qo'yibdi shuning uchun u sizdan yordam so'rayapdi. Unda faqat massiv ustida bajarilgan amallar ro'yhati bor holos. Levkoga massivni tiklashda yordam bering.
Kiruvchi ma'lumotlar:
Birinchi bo'lib bizga n va m ketma ket kiritiladi.
n -> massiv elementlari soni; 1<=n<=5000
m -> massiv ustida bajarilgan amallar soni; 1<=m<=5000
Keyingi m qatorda quyidagi tartibda ma'lumotlar kiritiladi:
1. t -> bajarilgan operatsiya tipi. Agar t = 1 bo'lsa u holda birinchi turdagi amal bajarilgan(qo'shish), agar t = 2 bo'lsa ikkinchi turdagi amal bajarilgan(maksimal topish). 1<=t<=2
2. l -> chap chegara 1<=l<=n
3. r -> o'ng chegara 1<=r<=n
4. d yoki m -> bajarilayotgan amal turiga qarap, agar birinchi turdagi amal bo'lsa qo'shilayotgan son, agar ikkinchi turdagi amal bo'lsa topilgan maksimal son.
Chiquvchi ma'lumotlar:
YES -> agar yechim bo'lsa
NO -> agar yechim bo'lmasa
Agar yechim bo'lsa YES yozuvi ostida massiv elementlari chiqarilsin. Massiv elementlari modul jihatda 1e9 dan oshmaydi. |ai|<=1e9
O'zlaringizda g'oya chiqarib ishlashga urinib ko'ringlar!!! Agar bo'lmasa quyidagi yechimda foydalaninglar.
Auto comment: topic has been updated by Muhammad_Rahimov (previous revision, new revision, compare).
Kodingni Block degan narsani ichiga tashasang bo'ladi. Link, Picturelarni qatorida 3-chi turibdi. Shunda kodni o'zi taniydi.
Auto comment: topic has been updated by Muhammad_Rahimov (previous revision, new revision, compare).
"Ammo almashtirish davomida shu massiv elementi boshlang'ich holatda qancha siljiganinigam hisobga olamiz:" shu qismni aniqroq tushuntirishni iloji bormi?
Agar birinchi turdagi amal kelsa diff massivini yangilaymiz
Yangilaymiz?? Nishatib?Agar ikkinchi turdagi element kelsa L — R oraliqda M kamida bir marta uchraydimi yo'qmi tekshiramiz
Shu M 3 marta uchragan bo'lsa lekin bizardan asa shu bir xil M 4 marta so'ralsa nichik bo'ladi? Yoki vundin bo'lmasliqi aniqmi? Vuni ehtimolini go'rish shart amasmi?Yangilaymiz dagani diff massivni l Dan r gacha d ga oshirib ketamiz. Kamida bir Marta uchrashi esa bizga shu maksimal l VA r oraliqda uchrashini tekshirish uchun kerak. Qancha Marta uchrashini ahamiyati yo'q. Masala shartida 4 yoki 5 VA hokazo Marta uchrasin degan shart yo'q